07/08/2026

arg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan dastlabki ma’lumotlari ko‘ra, 2026- yilning 1-iyul holatiga O’zbekiston tumanida faoliyat kursatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 768 tani tashkil etdi. Hisobot davrida tumanda sanoat ishlab chiqarish hajmi 801,3 mlrd so‘m miqdorida qayd etilib, fizik hajmi indeksi 108,7 % ni tashkil etdi.  Tumanda xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 733,3 mlrd so‘m miqdorida qayd etilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,8 % ni tashkil etdi.  Tumanda chakana savdo aylanmasi hajmi  108,5 % ga hamda ulgurji savdo aylanmasi hajmi 107,7 % ni tashkil etdi. Bundan tashqari  O‘zbekiston tumani bo‘yicha qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 437,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etilib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda o‘sish sur’ati 114,2 % tashkil etdi. O‘tgan 6 oyda tumanda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi  1 trln 702,1  mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik sohasida  jami 1 trln  959,2  mlrd so‘mlik mahsulotlar yetishtirildi. Hisobot davrida tumanda doimiy aholi soni 246 264 kishini tashkil etgan bo‘lsa, shundan shahar aholisi soni 111 351 tani, qishloq aholisi esa 134 913 kishini tashkil etdi. Tumanda tug‘ilgan soni 2 353 ni  va vafot etganlar soni 607 tani, nikohlar soni 542 tani nikohdan ajralishlar soni 149 tani tashkid etdi. Bundan tashqari doimiy yashash maqsadida viloyatimizga ko‘chib kelganlar soni 397 tani shu bilan birga ko‘chib ketganlar soni esa 847 tani tashkil etdi.