Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida ishlab chiqarish sanoati tarmog‘iga 12 trln 626,1 mlrd so‘m asosiy kapital investitsiyalari o‘zlashtirildi.
Ushbu yo‘nalish viloyatda o‘zlashtirilgan jami asosiy kapital investitsiyalarining 49,2 foizini tashkil etib, investitsiyalarning eng katta ulushi aynan ishlab chiqarish sanoatiga to‘g‘ri keldi.




