Joriy yilning 21- iyun kuni barcha joylardagi kabi Marg‘ilon shahriga qarashli “Yormado‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassisi G‘.Mamajonov ishtirok etib, ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi haqidagi shu va boshqa ma’lumotlar kelajakda manzilli dasturlarni ishlab chiqishda asos bolib xizmat qilishi haqida axborot berdi.
Axborot xizmati