Dang‘ara tumanida biznesni ro‘yxatga olish tadbirini sifatli tashkil etish hamda jarayonga jalb etilgan mas’ullarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026- yil 10- sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish – 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-son Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga biznesni ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati, uni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, shuningdek, jarayonda hokim yordamchilarining asosiy vazifalari tushuntirildi.
Amaliy mashg‘ulotlarda planshet qurilmalari orqali elektron shakllarni to‘ldirish, ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritish tartibi amaliy misollar asosida ko‘rsatib berildi.



