Joriy yilning 22-iyun kuni “Chirkay” mahallasining sxematik xaritasini o‘rganish jarayonlari olib borildi. O‘rganish jarayonida tuman statistika bo‘limi U. Yusufjonov hamda “Chirkay” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan birgalikda aholi punktlari va ko‘chalar nomi belgilarini o‘rnatish, xonadon va uylarni to‘liq raqamlash ishlarini shakillantrish kabi ishlarni amalga oshirdilar. Bundan tashqari ular tomonidan aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olishning bosh maqsadi aholini farovonligini ta’minlash, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini ta’minlash va boshqa masalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Axborot xizmati