10/09/2026

Bag‘dod tumanida 2026- yilning yanvar–iyul oylarida sanoat, xizmatlar, savdo va qurilish sohalarida ijobiy o‘sish qayd etildi.

 2026- yil 1- avgust holatiga tumanda 1 488 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.

 Sanoat - hisobot davrida 651,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 110,7 foizni tashkil etdi.

 Xizmatlar va savdo - bozor xizmatlari hajmi 1 349,6 mlrd so‘mga yetdi va 115,4 foizga o‘sdi.

Chakana savdo aylanmasi - 106,5 foiz, ulgurji savdo aylanmasi esa 157,3 foizni tashkil etdi.

 Qurilish - hisobot davrida 342,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 133,6 foizni tashkil etdi. Qurilish ishlarining 31,4 mlrd so‘mi yirik korxonalar, 226,7 mlrd so‘mi kichik korxona va mikrofirmalar, 84,7 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri keldi.