Turli madaniyat vakillari istiqomat qiluvchi davlatlar, ehtimol, aholining etnik mansubligi (yoki tarkibi), ona tili, ilmi va tillardan foydalanishi, shuningdek, diniy jamoa va konfessiyalar to‘g‘risida maʼlumot to‘plashni istashadi. Bularning barchasi — insonlarga o‘z tanloviga ko‘ra o‘zining etnomadaniy tegishliligini qulay aniqlash imkonini taqdim etuvchi belgilardir
Davlatlar, balki aholi kelib chiqishini va integratsiya jarayonini to‘la tushunish uchun ota-ona va bobo-buvi (nasl-nasab)larning etnomadaniy belgilari haqida ham maʼlumot to‘plashni istashlari mumkin.
Qoidaga ko‘ra, etnomadaniy xususiyatlar subyektiv tarkibga ega, boisi, u yoki bu ro‘yxatga olish davomida qaysi “belgi” yoki qaysi “kontseptsiya” haqiqatan baholanishi borasida yagona tushuncha mavjud emas. Bundan tashqari, turli davlatlar har xil kontseptsiya va taʼriflarni qo‘llaydi. Etnomadaniy xususiyatlar siyosiy taʼsirchan bo‘lishi va ko‘psonli bo‘lmaganlarga, biroq shunday bo‘lsa-da, bo‘ysunuvchi aholi guruhlari identifikatsiyalariga qo‘llanilishi mumkin. Аyrim ozchilik guruhlar aʼzolari, ayniqsa, etnik, diniy va lingvistik kelib chiqish belgisi bo‘yicha kamsitishlarga nisbatan zaif bo‘lishi mumkin. Аmmo respondentlar tomonidan maʼlumot berishda erkinlik va ochiqlikni taʼminlash birlamchi ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, respondentlarga maʼlumotlarni himoya qilish va identifikatsiyalashning oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilganligini namoyish etish uchun etnik va diniy guruhlarni ro‘yxatga olish tartibi va materiallariga alohida eʼtibor qaratish zarur bo‘lishi mumkin. Baʼzi hollarda, agar milliy qonunchilikda bunga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, mamlakatlar katta ehtimol bilan bunday maʼlumotlarni ixtiyoriy ravishda to‘plashni xohlashadi.
Maʼlumotlar respondentlar tomonidan erkin taqdim etilishi va ular himoyalanganligini taʼminlash uchun mamlakatlar etnomadaniy xususiyatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yig‘ish bo‘yicha maxsus monitoring mexanizmlarini yaratishni xohlashlari mumkin.
Qoidaga ko‘ra, faqat registrlardan yoki maʼmuriy manbalardan olingan maʼlumotlar bu belgilar uchun cheklangan qiymatga ega va nari borsa faqat cherkov yoki diniy jamoaga rasmiy aʼzolik yoki ko‘p tilli muhitda hukumat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi rasmiy aloqa tili kabi baʼzi jihatlarni qamrab olishi mumkin.
Ro‘yxatga olish varaqalarini tuzish va baholashda, statistika materiallarini tasniflash va qayta ishlashda etnik, lingvistik va diniy jamoa vakillari bilan maslahat o‘tkazish lozim. Shaffoflikni, teng munosabatni, bunday maʼlumotlarni to‘plash sabablarini yaxshiroq tushunishni va aholining keng qamrovli ishtirokini taʼminlash maqsadida bunday guruhlarni tartiblarni ishlab chiqish, ro‘yxatga olishni o‘tkazish asoslarini belgilash va ozchiliklar orasida ro‘yxatga olish faoliyatini o‘ziga jalb qilish muhimdir
O.Pozilov,
Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i.