Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025‑yil yanvar–dekabr oylari yakunlariga ko‘ra viloyatda aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2 806,8 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,7 foiz darajasida qayd etildi.




