Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-dekabr oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 97,5 mln AQSH dollari qiymatidagi 98,6 ming tonna uzum eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 17 ming tonnaga ko‘pdir.




