26/02/2026

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri mamlakat taraqqiyotini aniq raqamlar asosida rejalashtirishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Mazkur jarayon orqali olingan ishonchli va to‘liq ma’lumotlar kelgusida ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish, hududlarni rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda joylarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Farg‘ona tumanidagi “Shohimardonobo” va “Dilkusho” MFYda “mahalla yettiligi” tomonidan birinchi bosqichda ro‘yxatdan o‘tmay qolgan fuqarolarni xonadonma-xonadon yurib, maxsus planshetlar yordamida ro‘yxatga olinmoqda.

Bu kabi tashkiliy va zamonaviy yondashuvlar ro‘yxatga olish jarayonining qamrovini kengaytirish, ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Zero, har bir fuqaroning faol ishtiroki mamlakatimiz kelajagini puxta rejalashtirishda muhim omil hisoblanadi.