07/09/2021

 Joriy yilning 6-sentabr kuni Beshariq tumaniga qarashli Xalq ta’limi bo‘limining majlislar zalida tumandagi barcha umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida 1-umumtaʼlim shakli hisobotini avtomatlashtirilgan Estat - 4.0 axborot tizimi orqali taqdim etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

 

photo2021-09-0716-59-21
photo2021-09-0716-59-18
photo2021-09-0716-59-16
photo2021-09-0716-59-24
photo2021-09-0716-59-21 photo2021-09-0716-59-18 photo2021-09-0716-59-16 photo2021-09-0716-59-24

 Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ijtimoiy soha bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov hamda bo‘lim bosh mutaxassisi N.Tojiboyevlar ishtirok etdilar. Seminar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 5-yanvardagi 2-MV-son ilovasiga asosan o‘rnatilgan tartibda haqqoniyligi, xolisligi va qiyosliligini taʼminlagan holda 2021-yil uchun 1-umumtaʼlim shakli bo‘yicha davlat statistika hisobotlarini ESTAT - 4.0 axborot tizimi orqali taqdim etish yo‘l-yo‘riqlari haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari hisobotni topshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida keng va atroflicha tushuncha berildi.

Axborot  xizmati.