08/09/2021

Joriy yilning 6-sentabr kuni Quvasoy shahridagi barcha umumta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida 1-umumtaʼlim shakli hisobotini Estat - 4.0 axborot tizimi orqali taqdim etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ijtimoiy soha bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov hamda bo‘lim bosh mutaxassisi N.Tojiboyevlar ishtirok etdilar. Seminar jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 5-yanvardagi 2-MV-son ilovasiga asosan o‘rnatilgan tartibda haqqoniyligi, xolisligi va qiyosliligini taʼminlagan holda 2021-yil uchun 1-umumtaʼlim shakli bo‘yicha davlat statistika hisobotlarini ESTAT - 4.0 axborot tizimi orqali taqdim etish yo‘l-yo‘riqlari haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari hisobotni topshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida keng va atroflicha tushunchalar berildi.

photo2021-09-0816-21-29
photo2021-09-0816-21-37
photo2021-09-0816-21-34
photo2021-09-0816-21-32
photo2021-09-0816-21-29 photo2021-09-0816-21-37 photo2021-09-0816-21-34 photo2021-09-0816-21-32

Axborot  xizmati.