26/08/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyul oylari holatiga Farg‘ona viloyati korxonalari tomonidan 16 267,5 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021-yilning yanvar-iyul oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 106,5 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Ishlab chiqaradigan sanoat - 15 148,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoati - 45,7 mlrd.so‘mni
Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari - 945,2 mlrd.so‘mni
Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish - 128,3 mlrd.so‘mni tashkil etdi.