14/09/2022

Kuni kecha  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Qo‘qon shahriga qarashli umumta’lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “1-umumtaʼlim” hisobotni tayyorlash bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlg‘i I.Xaydarov, Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi vakili D.Damenov,  Qo‘qon shahar  xalq ta’limi  bo‘limi vakillari qatnashdilar. O‘z o‘rnida I.Xaydarov  E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini tayyorlashda pedagog xodimlarining ma’lumoti bo‘yicha, o‘quvchilarning sinflar bo‘yicha taqsimotini satrga tushurish yuzasidan  ko‘rgazmali slayd yordamida  ishtirokchilarga tushuntirib berdi.  Seminar yakunida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 

 

photo2022-09-1411-23-43
photo2022-09-1411-23-49
photo2022-09-1411-23-56

Axborot xizmati.