Joriy yilning 14-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-may kunidagi “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi (O‘RQ-848-XII-sonli) qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-sentabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-215-son farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D. Teshaboyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-may kunidagi “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi (O‘RQ-848-XII-sonli) qonuniga to‘xtalib, mazkur qonun jami 10 moddadan iborat ekanligini, 1993-yil 5-sentabr kunidan qonuniy kuchga kirganligini, mazkur Qonun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar, O‘zbekiston Respublikasining harbiy tuzilmalari va fuqarolarining respublika hududidagi hamda uning tashqarisidagi faoliyatining barcha turlarida davlat sirlarini saqlashning huquqiy asoslarini belgilab berishi haqida ma’ruza qildi. Ikkinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-sentabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-215-son farmoni mamlakatda investitsiya muhitining jozibadorligini yanada oshirish, hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish hamda yangi tashabbus va loyihalarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilinganligi haqida keng va atroflicha tushuncha berib o‘tdi.
Axborot xizmati.