14/09/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Qo‘shtepa tumaniga qarashli umumta’lim maktablarining direktor o‘rinbosarlari ishtirokida “1-umumtaʼlim” hisobotini tayyorlash yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlg‘i I.Xaydarov, Farg‘ona viloyati xalq ta’limi vakillari qatnashdilar. Seminar jarayonida notiqlar tomonidan E-stat 4.0 elektron tizimi orqali 1-umumtaʼlim shakli statistik hisobotini tayyorlashda pedagog xodimlarining ma’lumoti, o‘quvchilarning sinflar bo‘yicha taqsimotini satrga tushurish yuzasidan ko‘rgazmali slayd yordamida ishtirokchilarga tushuntirib berildi. 

 

 

photo2022-09-0917-05-59
photo2022-09-1416-35-34
photo2022-09-0917-06-03

                                                                            Axborot xizmati.