Barchamizga ma’lum joriy yilning avgust oyida uy-joylarni ro‘yxatga olish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayonda Dang‘ara tumani registratorlari ham jonbozlik ko‘rsatib, bugungi kunda barcha ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish ishlarini nihoyasiga yetkazdilar. Shu munosabat bilan joriy yilning 15- sentabr kuni Dang‘ara tumani hokimligi tomonidan tashkil etilgan Faxriy Yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlansh marosimi bo‘lib o‘tdi. Sovg‘alarni Dang‘ara tumani hokimi Sh. Tojihakimov o‘z egalariga topshirdi.
Axborot xizmati.