19/09/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi 1-toifali mutaxassisi Mamajonov G‘ulomqodir Raxmatovichni tavallud kunlari munosabati bilan tantanali qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Boshqarma boshlig‘i Sh .Mamadaliyev va hamkasblar yubilyarga dil so‘zlarini izhor etdilar.

 

Hurmatli Gulomqodir Raxmatovich!

Sizni qutlug‘ 60 yoshingiz  munosabati bilan eng samimiy tabriklarimizni qabul qiling!

Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, kasbu-koringizda baraka va omad, oilangizda tinchlik osoyishtalik va to‘kin-sochinlik tilaymiz.

Siz o‘z salohiяtingizni, mehnatingizni ona yurt ravnaqi yo‘lida sarflab, hurmat va ehtiromga sazovor bo‘lib kelmoqdasiz.

Biz – Sizning hamkasblaringiz va shogirdlaringiz Sizga uzoq va baxtli, shu bilan birga farovon hayot tilab qolamiz. Omad, muvaffaqiyat va ko‘tarinki ruh barcha harakatlaringizda Sizning hamrohingiz bo‘lsin, har bir kuningiz sog‘liq va farovonlikka boy bo‘lsin.

 

Viloяt statistika boshqarmasi ma’muriyati

 va kasaba uyushmasi qo‘mitasi.