Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 444 536,2 tonna meva va rezavorlar yetishtirildi.
Hududlar kesimida eng yuqori ulush Quvasoy shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, viloyatdagi jami meva va rezavorlar yetishtirish hajmining 13,2 foizini, O‘zbekiston tumani — 9,9 foiz, Rishton tumani — 8,3 foiz, Quva tumani — 7,9 foiz hamda Farg‘ona tumani — 7,8 foiz ulush bilan qayd etildi.
Hosildorlik sur’atlarida ham ijobiy dinamika kuzatildi. 2025-yilning mos davriga nisbatan meva va rezavorlar yetishtirishning eng yuqori o‘sish sur’atlari Rishton tumanida — 112,3 foiz, Furqat tumanida — 109,1 foiz, Quvasoy shahrida — 108,4 foiz, Bog‘dod tumanida — 107,0 foizni tashkil etdi.




