Joriy yilning 21-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining Turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi tomonidan Farg‘ona tumanida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’limsmuassasalarining direktorlari ishtirokida “Umumta’lim muassasasining 1 (umumta’lim) statistika hisoboti”ni to‘ldirish va topshirish tartibiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.


Seminarda Turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi boshlig‘i M. Rahimova mazkur bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari R. Kodirovalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida umumta’lim muassasalarining turi, o‘quvchilar soni va tarkibi, sinflar hamda ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti, o‘quvchilarning yosh tarkibi, chet tillarini o‘rganishi, ijtimoiy yordamga muhtoj o‘quvchilar, pedagoglar, mashg‘ulotlarning smenaliligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda maktablarning asosiy infratuzilmasiga oid ma’lumotlarni hisobotda to‘g‘ri aks ettirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, umumta’lim muassasalari bo‘yicha shakllantiriladigan statistik ma’lumotlar ta’lim tizimining mavjud holatini baholash, ehtiyojlarni aniqlash, muammolarni tahlil qilish va kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminar davomida korruptsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, statistik ma’lumotlarni shakllantirishda xolislik, haqqoniylik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.



