03/10/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-sentabr holatiga Uchko‘prik tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2688 tani tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 2376ta
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar – 19ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar – 248ta
Oilaviy korxonalar – 325ta
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar - 1276ta miqdorida qayd etildi.