30/09/2022

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil 11-oktabrdagi 10-mb-son qarori 47-ilovasiga muvofiq 4-mehnat shakli choraklik statistika hisobotini o‘z vaqtida va belgilangan muddatda topshirish, respondentlar tomonidan hisobot taqdim etilishida qulayliklar yaratish, hisobot ma’lumotlarini e-Stat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish va elektron taqdim etishda yuzaga keladigan savollarga javob berish, shuningdek, davlat statistika hisobotlarini to‘liq va o‘z vaqtida qabul qilib olinishini ta’minlash kabi masalalar joriy yilning 30-sentabr kunlari Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi tomonidan Farg‘ona viloyatida "4 mehnat" choraklik statistika hisobotini taqdim qiluvchi subyektlar bilan o‘tkazilgan seminarda ta’kidlab o‘tildi. Seminarda “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi mutaxassisilari ishtirok etdilar.

 

photo2022-09-3015-03-16
photo2022-09-3015-03-25
photo2022-09-3015-03-31

                                                                                                                      Axborot xizmati.