06/10/2022

Joriy yilning 6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabr kunidagi “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentini tasdiqlash haqida”gi 536-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabr kunidagi “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini ko‘rsatishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 539-son qarorining  mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabr kunidagi “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentini tasdiqlash haqida”gi 536-son qarori yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament va uni joriy etish sxemasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalariga qo‘yiladigan umumiy texnik talablar, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalarini identifikatsiya qilish va muvofiqlikni taqqolashga qo‘yiladigan talablar, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalarining muvofiqlik belgisi va tamg‘asiga qo‘yiladigan talablar tasdiqlanganligi haqida ma’lumot berildi. Shundan song, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabr kunidagi “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish va uning asosida davlat xizmatini ko‘rsatishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 539-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24 iyuldagi PF-6269-sonli Farmoniga muvofiq Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (KTYaDR) bo‘yicha ma’lumot taqdim etish xizmatining davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishi alohida belgilab qo‘yilganligi, qaror bilan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq, Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri bo‘yicha ma’lumot taqdim etish xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi, xukumatimizning 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganligi haqida axborot berdi.

 

photo2022-10-0616-20-26
photo2022-10-0616-20-33

Axborot xizmati.