06/10/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-avgust holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha import tarkibida oziq-ovqat tovarlari hajmi 114,5 million AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40,5 %ga o‘sdi va importning umumiy hajmidagi ulushi 14,0 %ga yetdi.

Shundan:
Donli ekinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar-78,2 mln. AQSh dollari
Meva va sabzavotlar – 8,5 mln. AQSh dollari
Tirik hayvonlar – 9,9 mln. AQSh dollari
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari- 2,3 mln. AQSh dollari
Hayvonlar uchun ozuqa- 3,5 mln. AQSh dollariga to‘g‘ri keldi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini import qilingan asosiy hamkor davlatlar:
Qozog‘iston – 78,2 mln. AQSh dollari
Qirg‘iziston – 10,4 mln. AQSh dollari
Rossiya Federatsiyasi – 7,1 mln. AQSh dollari
Xitoy Xalq Respublikasi – 7,1 mln. AQSh dollari miqdorida qayd etildi.