13/10/2022

Joriy yilning 13-oktabr kuni  Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Isroilov tomonidan  Farg‘ona tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik)  qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgan  mahsulotlar tushumi  o‘rganildi. Bundan tashqari  aniqlangan xato va kamchiliklar  bartaraf etish choralarini ko‘rish  hamda  kuzatuvlarni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan  tushuntirishlar berildi.

 

photo2022-10-1315-53-25
photo2022-10-1315-43-42
photo2022-10-1315-52-57
photo2022-10-1315-44-03

                                                                     Axborot xizmati.