Joriy yilning 4- noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida 2022- yil III-chorak yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq va shahar, tuman statistika bo‘limlari boshliqlari qatnashdilar.
Kun tartibiga binoan, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i v.b. Sh.Mamadaliyev Kengash yig‘ilishini ochib, hukumat tomonidan statistika idoralari oldiga qo‘yilayotgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil III-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishida ko‘rsatib o‘tilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha shahar va tuman statistika bo‘limi boshliqlarining hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilishi yakunida ijro intizomi hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Axborot xizmati.