07/11/2022

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-oktabr holatiga Farg‘ona viloyati qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 24 119,0 mlrd. so‘mni yoki 2021–yilning mos davriga nisbatan 103,7 %ni tashkil etgan.

Shu jumladan
Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilikda – 23795,4 mlrd.
O‘rmon xo‘jaligi – 225,4 mlrd.
Baliqchilik xo‘jaligi – 98,2 mlrd. so‘mga to‘gri keldi.
Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Farg‘ona viloyatining ulushi 9,75 %ni tashkil etdi.