Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 819,1 ming tonna sabzavot yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning yanvar–sentabrga nisbatan 1,5 % ga ko‘pdir.
Shundan:
Fermer xo‘jaliklari – 207,6
Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari – 608,4
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 3,1 ming tonnaga to‘g‘ri keldi.
Sabzavot yetishtirishbo‘yicha yuqori ulushga ega hududlar:
Oltiariq t. - 94 510,3 tonna
Rishton t. - 78 963,5 tonna
Quva t. - 63 259,8 tonnani tashkil etdi.