09/11/2022

Joriy yilning 7-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida Davlat Statistika qo‘mitasining “Investitsiya va qurilish statistikasi” boshqarmasi boshlig‘i M. Jomolov, viloyat statistka boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi boshlig‘i L.Yefimova hamda bo‘lim mutaxassisilari ishtirokida 1-TJ “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘grisida so‘rovnoma” o‘tkazilishi yuzasidan onlayn videoseminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 30-iyundagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududida xo‘jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizomi”ga asosan yilda bir marta 1-TJ so‘rovnoma “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘grisida”gi tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha so‘z yuritildi.  Bundan tashqari qurilish materiallari narxlarini hisobga olish va tahlil qilish, jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tugallanmagan qurilishi muammolari, kadastr palatasining hududiy xizmatlari tomonidan uy-joylarni foydalanishga topshirish uchun hisobga olish qoidalari hamda  tekshiruv davomida yuzaga keladigan boshqa muammolar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

 

photo2022-11-0909-32-32-2
photo2022-11-0909-32-32
photo2022-11-0910-35-54

Axborot xizmati.