09/11/2022

Joriy yilning 7-noyabr kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida  O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabr kunidagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ-795 qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishyuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev so‘zga chiqib, mazkur qonunda respublikamizda aholining, ayniqsa nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, turmush darajasini oshirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilayotganligi, shu bilan birga «Inson qadri uchun» tamoyili asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarning farovonligini yanada oshirish hamda ijtimoiy himoya qilish dasturlarining samaradorligini qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelayotganligi, mazkur qonun fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi qonunchilikni amaliyotda qo‘llashda yuzaga kelayotgan turli xil yondashuvlarning oldini olishga va korrupsiyani yuzaga keltiruvchi holatlarga barham berishga, ijtimoiy adolat tamoyilidan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning daromadlarini oshirishga, ularning mehnatini munosib baholashga, shuningdek pensiya miqdorini ko‘paytirishga xizmat qilishi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

 

photo2022-11-0912-32-29
photo2022-11-0912-32-51
photo2022-11-0912-32-41

Axborot xizmati.