Joriy yilning 11-yanvar kuni Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi F.Qo‘chqorova tomonidan Uchko‘prik tumanidagi dehqon bozorida 12-bozor (oylik) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgan mahsulotlar tushumi o‘rganildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Kuzatuvlar davom etmoqda.
Axborot xizmati.