12/01/2023

Joriy yilning 12-yanvar kuni viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdan tashqari huquqiy targ‘ibot o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti D.Teshaboyev kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyul kunidagi “Tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari”gi PF-178-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvar kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha VAKIL devonining budjetdan tashqari jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 6-son qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachi, o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvar kunidagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 4-bandiga ko‘ra, amaldagi MjtKga muvofiq “Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va uning devoni xodimlari tomonidan qo‘llanilgan jarimalar summasi hamda rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar asosida sudlar tomonidan qo‘llanilgan jarimalar summasining 100 foiz miqdori” jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbasi sifatida alohida belgilab qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, ishtirokchilar tomonidan kelib tushgan savollarga ko‘ra ma’ruzachi, amaldagi MjtKning 1973-, 2458-, 43-, 2002-(tadbirkorlik subyektlarining huquqlari buzilishi qismida) hamda 2411-2414, 2416, 2418,24110-moddalari yuridik tahliliga to‘xtalib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan seminarda ma’ruzachi tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan muloqotda o‘ta ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari alohida ta’kidlab o‘tildi.

 

photo2023-01-1214-36-19
photo2023-01-1214-36-14

Axborot xizmati.