12/01/2023

Joriy yilning 12-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida boshqarmaning texnika xavfsizligi va fuqarolar muhofazasi ikkinchi toifali muhandisi M.Kasimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan “Texnika xavfsizligi bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish” mavzusida tayyorlangan slayd yordamida seminar tashkil etildi. U o‘z so‘zida ishlab chiqarishdagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishchi-xodimlarga zararli taʼsirini oldini olishga doir tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar, elektr o‘tqazuvchi simlarda, elektr uskuna va jixozlarida, yoritish lampalarida elektr kuchlanishning mavjudligini ko‘z bilan koְ‘rib bo‘lmasligi, elektr tokining juda xavfli ekanligi, xodim ish boshlashdan avval barcha jihozlar elektr tokiga xavfsiz ulanganligini va ish vaqtida ularning sozligidan xabardor bo‘lishi, nosoz elektr jihozlaridan foydalanmaslik va boshqa shu kabi ma’lumotlar haqida ma’ruza qildi. Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga aniq va batafsil javob berildi.

 

photo2023-01-1215-41-32
photo2023-01-1215-07-35
photo2023-01-1215-42-41

Axborot xizmati.