Joriy yilning 15-fevral kuni Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Isroilov tomonidan Farg‘ona chorva bozorida 12-bozor (oylik) chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari soni, bozorda mavjud savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan chorva mollari va parrandalarning tushumi kabi ma’lumotlar planshet qurilmasiga joyida kiritildi. Bundan tashqari Kuzatuvni o‘tkazish tartibi va qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati.