16/02/2023

2023- yilning 1- fevral holatiga sanoat sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 070 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,4 foizga oshdi. 2023- yilning yanvar oyida bu sohada 70 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar:
Qo‘qon shahrida – 1334 ta
Farg‘ona shahrida – 1186 ta
Marg‘ilon shahrida – 998 ta
Uchko‘prik tumani – 669 taga to‘g‘ri keldi.