Joriy yilning 16-fevral kuni Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Isroilov tomonidan Farg‘ona tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari, bozorda mavjud savdo rastalari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan mahsulotlar tushumi o‘rganildi va planshet qurilmalariga joyida kiritildi. Bundan tashqari jismoniy shaxslarga so‘rovnoma yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati.