So'nggi yangiliklar

2023-yil yanvar- dekabr holatiga, Beshariq tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 680,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 

Joriy yilning 15-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari tomonidan Qo‘shtepa tumaniga qarashli “O‘qchi” mahalla fuqarolar yig‘inida xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Beshariq tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 765,6 mlrd. so‘mga yetdi. 

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 22 746,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 3,9 % ga o‘sdi.

Joriy yilning 14-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi R.Abdurazakov tomonidan Qo‘shtepa tumanidagi “Sohibkor” MFY, istiqomat qiluvchi Karimov hamda Madaminovlar xonadonlarida uy xo‘jaligi kuzatuvlari amalga oshirildi.

Quvasoy shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi E.Rahmonov tomonidan Quvasoy shahridagi Kokilon MFY, Cninor ko'chasi, 138-xonadonida 4-TJ (turar joy) tallanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi

Joriy yilning 14-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi U.Turgunova tomonidan O‘zbekiston tumanidagi A. Jomiy MFYda istiqomat qiluvchi Ahmedovalar oilasi xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvlari amalga oshirildi

2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Bag‘dod tumani bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 494,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 

Joriy yilning 14-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari tomonidan Qo‘shtepa tumaniga qarashli “Soy bo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inida xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2024- yilning 1-yanvar holatiga Bag‘dod tumanining doimiy aholisi soni 233 007 kishi miqdorida qayd etildi. 

Joriy yilning 14-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari tomonidan Oltiariq tumaniga qarashli “Beglar” mahalla fuqarolar yig‘inida xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.

2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Bag‘dod tumani korxonalari tomonidan 1 057,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 14-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi N.Qodirova tomonidan Farg‘ona tumanidagi “Soy bo‘yi” MFYda istiqomat qiluvchi Sh. Kimsanovlar oilasi xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvlari amalga oshirildi.

2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Bag‘dod tumanining chakana savdo aylanmasidagi hajmi 786,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 

2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga Bag‘dod tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 33,7 mln. AQSh dollariga yetdi.

Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Yusupov tomonidan Qo‘qon shahridagi Yalang‘och ota MFY, Parpashabof ko'chasi, 34-xonadonida 4-TJ (turar joy) tallanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi.

2023-yil yanvar- dekabr holatiga, Bag‘dod tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 833,7 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 

Joriy yilning 14-fevral kuni Quvasoy shahar tibbiyot birlashmasining xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari yuasidan seminar tashkil etildi.