27/12/2024

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 2024-yil yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2 548,9 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 6,1 % ini) tashkiletadi. 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 507,8 mlrd so‘mga ko‘payganligi kuzatildi.