Tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ichki ishlar xizmatini yaxshilash, favqulotda vaziyatlar holatida ishlarni tashkil etishda manzillarni tez va to‘g‘ri topib borishda uylarni raqamlanganligi va ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi alohida o‘rin tutadi. Shu bois joriy yilning 26- dekabr kuni Farg‘ona tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi “Xo‘ja Axmad Vale” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi sonini hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.