27/12/2024

Hammamizga ma’lum mamlakatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 27-dekabr kuni Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi boshlig‘i M.Axrorov tumandagi “Katta Beshkapa” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla faollari bilan hamkorlikda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish ishlari qanday olib borilayotganligi o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahalladagi raqamlanmagan xonadonlarga kirib, xonadon egalariga uylarni raqamlashtirish bo‘yicha hamda nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holati yuzasidan ko‘cha boshilarga tushuntirish ishlari olib borildi.