So'nggi yangiliklar

2024-yil 1-may holatiga Farg‘ona viloyatida sanoat sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 6 788 taga yetdi.

Ro‘yxatga olish uchun xaritalash teng maydondagi uchastka kvadratlarining aniq belgilangan joylashuvi bilan panjara shaklida aholini uch o‘lchamli kenglik bilan bog‘lash tizimi sifatida tavsiflanadi.

2024-yil 1-may holatiga Farg‘ona viloyatida qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 590 ta miqdorida qayd etildi.

2024-yil 1-may holatiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 397 taga yetdi.

Joriy yilning 16-may kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi U.Turgunova  tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan O‘zbekiston tumanidagi  “Qulibek” MFY, “A.Navoiy” ko‘chasi, 66-uyda istiqomat qiluvchi  Mirzayevalar  xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyatida 2024- yil 1-may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni 32,6 mintaga yetdi.

Joriy yilning 16-may kuni Toshloq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Hojimatov tomonidan Toshloq tumani, “Katta ko‘cha” MFY, “Ogahiy” ko‘chasi, 70-xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. 

Mamlakat iqtisodiyotining  “sog‘lomligi” ni baholashning muhim omili – kichik biznes subyektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi bo‘lib, bu uning moslashuvchanligi va doimiy o‘zgaruvchan iqtisodiy vaziyatlarga moslasha olish ko‘rsatkichidir. 

Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi O.Holbekov  tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Buvayda tumanidagi  “Beglar” MFYda istiqomat qiluvchi  T.Najmiddinovlar  xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratib boorish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning yildan-yilga investitsiya va Ishbilarmonlik muhiti yaxshilanib borayotgani namoyon bo‘lmoqda.

Joriy yilning 16-may kuni Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi boshlig‘I E. Shokirov tomonidan Uchko‘prik tumani, “Yulg'unzor” MFY, “Karvon” ko‘chasi, 31-xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik  subyektlari soni 2024-yil 1-may holatiga 32,8 mingtaga yetdi. 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,1 foizni tashkil etdi.

2023/2024-o‘quv yilining boshiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha texnikumlarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 645 kishi miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 154,3 %ni tashkil etdi.

Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi R.Vahobov  tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Quva tumanidagi  “Bahor” MFY, “Qayrag‘och” ko‘chasi, 328 A-uyda istiqomat qiluvchi  A.Karimovlar  xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. 

2024- yil 1- may holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 39,0 mintani tashkil etdi. So‘ngi besh yilda (36 444ta) 2 553 taga ko‘paygan.

2023- yilda Farg‘ona viloyati bo‘yicha texnikumlarni bitirganlar soni 7,5 ming kishi miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 5,9 barobaga o‘sdi.

Joriy yilning 15-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi bosh mutaxassis N.Mahmudova hamda mazkur kuzatuvga biriktirilgan interviyuyerlar ishtirokida Farg‘ona xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilmoqda.

2023/2024-o‘quv yilining boshiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha texnikumlarga qabul qilinganlar soni 7,7 ming kishi miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 158,4 %ni tashkil etdi.