Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Viloyatning eksport salohiyatini shirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida, eksportyorlar soni 727 taga yetdi va ular tomonidan 772,3 mln AQSH dollari qiymatidagi (2023- yilning mos davriga nisbatan 22,4 % ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.