Oilaviy korxonaning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek, oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir. Oilaviy korxona faoliyatining ishtirokchilari shaxsi mehnatiga asoslanadi va tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir. 2024-yilning yanvar-noyabr oylari holatiga viloyatda yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 689 taga yetdi.