So'nggi yangiliklar

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga viloyat bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 171,7 mln. AQSh dollari qiymatiga teng 227,1 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilingan. Bunda 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,2 % ga ko‘paydi.

Joriy yilning 3-noyabr kuni Farg‘ona Davlat Universiteti o‘qituvchi va talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori B. G‘ayibnazarov, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i A. Mamajonov, Sanoat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i S.Jo‘rayev, Narx statistikasi boshqarmasi boshlig‘i M.Umarov, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Z.Yuldashevlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini iqtisodiy - statistik tahlili” mavzusida masofaviy tarzda o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘zbekiston tumani  “Ro‘yxatga olish” bo‘limi hamda Kadastr palatasining tuman bo‘limi mutaxassislari hamkorlikda yangilangan sxematik xaritalarini elektron bazaga kiritish ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga viloyat bo‘yicha import tarkibida mashinalar va transport- asbob uskunalari hajmi 320,6 million AQSH dollarini tashkil etib,  o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 46,1 %ga ko‘paydi 

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga viloyat bo‘yicha import tarkibida sanoat tovarlari hajmi 211,7 million AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,7 % ga ko‘paydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 22,9 % ga yetdi.

Rishton tumanidagi mahalla fuqarolar yiginlariga biriktirilgan registratorlar tomonidan uy-joylarni ro‘yxatini tuzish hamda noturar obyektlarni xaritaga kiritish ishlar amalga oshirildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Beshariq tumanining chakana savdo aylanmasidagi hajmi 438,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Furqat tumanidagi mahalla fuqarolar yiginlariga biriktirilgan registratorlar tomonidan joriy yilning avgust oyi davomida uy-joylarni ro‘yxatga olish, noturar obyektlarni xaritaga kiritish kabi ishlar amalga oshirildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga Farg‘ona viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 793,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-oktabr holatiga Farg‘ona viloyati jahonning 80 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 1-oktabr holatiga Farg‘ona viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1565,8 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 215,7 mln. AQSH dollariga yoki 16,0 % ga ko‘paydi.

Joriy yilning 28- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 5- noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, stritbol va "Workout" sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2021- yil 5- noyabrdagi PQ-5282-sonli Qarorinining ijrosini ta’minlash yuzasidan statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha turnir tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarning ishlab chiqarishi e’lon qilindi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 20 327,6 mlrd. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 93,1 %ini tashkil etdi.

Joriy yi lning 28- oktabr kuni  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida  O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 19-oktabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-794-son qonuni  mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish  yuzasidan seminar tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati korxonalari tomonidan 21 831,8 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ??2021-yilning yanvar-sentabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 106,0% ni tashkil etdi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 1 912,8 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostida - 450,6 mlrd. so‘m xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi. Asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 137,1 %ni tashkil etdi.

Hammamizga ma’lum O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 14- oktabr kuni “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori e’lon qilindi.