22/09/2023

Joriy yilning 22-sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasida tasdiqlangan media-rejaga asosan ““Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” bo‘limining 2022-yil yakunlari yuzasidan hisoboti” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Matbuot anjumanida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi” bo‘limi boshlig‘i O‘. Sobirovlar qatnashdilar.

Tadbirda viloytda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning 2022-yil yakunida erishilgan natijalar haqida so‘z yuritildi. Jumladan, 2023-yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 46 350 tani tashkil etganligi, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar sonining eng ko‘pi savdo sohasida - 17 375 ta, sanoat tarmoqlarida - 10 988 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida -2 416 ta, qurilishda - 3 938 ta, yashash va ovqatlanishda -2 961 ta, tashish va saqlashda -1 860 ta qayd etilganligi, hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 7 208,0 mlrd. so‘mni, ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi 10 392,5 mlrd. so‘mni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida, faoliyat turlari bo‘yicha sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi 758,4 mlrd. so‘mni, bajarilgan qurilish ishlari  hajmi 4 970,3 mlrd. so‘mni, ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) xizmatlar  hajmi 4 475,7 mlrd. so‘mni, ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 15 364,4 mlrd. so‘mni, chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 7 266,8 mlrd. so‘mni, ovqatlanish bilan ta’minlash bo‘yicha tovar aylanmasi hajmi 321,3 mlrd. so‘mni, avtotransport xizmati hamda joriy qilingan innovatsiyar soni 64 tani tashkil etganligi haqida keng va atroflicha axborot berildi.Shundan so‘ng muzokaralar boshlandi. Yuqoridagi masalalar bo‘yicha ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.