21/09/2023

2023-yil 1-sentabr holatiga Quvasoy shahrida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2234 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 122,7 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 1603 ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar - 356 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 123 ta
Sanoatda – 242 ta
Qurilishda – 101 ta
Savdoda – 605 ta
Tashish va saqlashda – 82 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 77 ta
Axborot va aloqa – 20 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 17 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 336 taga to‘g‘ri keldi.