16/03/2023

Joriy yilning 16- mart kuni Farg‘ona tumani statistika bo‘limi mutaxassisi Sh.Immatov tomonidan tumanda shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida yuk va yo‘lovchi tashuvchi shaxsiy avtotransport egalarining soni, yukning bir marta tashishdagi o‘rtacha og‘irligi, yuk va yolovchining bir marta tashishdagi o‘rtacha uzoqligi, bir qatnovdan o‘rtacha tushgan tushum, bir kunda qatnovlar soni, bir oyda ish kunlari  yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.Bundan tashqari intervyuyer tomonidan kuzatuvga tushgan avtotransport egalariga mazkur kuzatuv bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

photo2023-03-1615-30-15
photo2023-03-1615-29-26
photo2023-03-1613-36-39
photo2023-03-1613-36-37

                                                                           Axborot xizmati.