Joriy yilning 16-mart kuni Beshariq, Dang‘ara tumanlarining statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumanda shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida yuk tashuvchi shaxsiy avtotransport egalarining soni, yukning bir marta tashishdagi o‘rtacha og‘irligi, yukning bir marta tashishdagi o‘rtacha uzoqligi, bir qatnovdan o‘rtacha tushgan tushum, bir kunda qatnovlar soni, bir oyda ish kunlari yuzasidan so‘rovnomalari o‘tkazildi. Bundan tashqari intervyuyer tomonidan kuzatuvga tushgan avtotransport egalariga mazkur kuzatuv bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi.
Axborot xizmati.