28/03/2023

2023-yilning yanvar-fevral oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 20,3 %ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 1,6 % ga kamaydi va ishlab chiqarish hajmi 670,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022-yilning yanvar-fevral oylarida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 15,9 %ni, uning fizik hajm indeksi esa 101,2 %ni tashkil etdi.