Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida viloyatda xizmatlar eksporti hajmi 16,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 34,0 foizga oshib, viloyat jami eksport hajmining 2,0 foizini tashkil etdi.
Xizmatlar eksportining asosiy yo‘nalishlari quyidagicha:
Transport xizmatlari — 6 642,2 ming AQSH dollari (39,8 %);
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlari — 4 567,1 ming AQSH dollari (27,4 %);
Safarlar (turizm) — 3 082,7 ming AQSH dollari (18,5 %);
Moliyaviy xizmatlar — 2 378,3 ming AQSH dollari (14,3 %).
Tahlillarga ko‘ra, xizmatlar eksporti tarkibida transport xizmatlari eng yuqori ulushni egalladi. Shuningdek, AKT, turizm va moliyaviy xizmatlar ham eksport tarkibida muhim o‘rin tutmoqda.




